Ronaldu Italiya kompaniyasi bilan hamkorlikni boshladi

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2018
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiyaning donorlik kompaniyasi Associazione Volontari Italiani Sangue (AVIS) bilan hamkorlik qiladi.

Kelishuv doirasida Ronalduning surati plakatlarda odamlarni qon topshirishga chorlashda ishlatiladi.

AVIS yaqin vaqt ichida rolik taqdim etmoqchi, unda futbolchi donorlikning muhimligi haqida tushuntirish beradi.

Krishtanu Ronalduning Italiya donorlik kompaniyasi bilan hamkorligi, futbolchining "Yuventus"ga o'tishi borasidagi ma'lumotlarni yana bir tasdig'i bo'lishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca