Ronaldu Globe Soccer talqiniga ko'ra Yaqin Sharqda yilning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishga nomzod

Administrator
20 noya 2025
Futbolchi yana bir shaxsiy sovrinni qo'lga kiritishi mumkin.

2025 yil yakunlari bo'yicha Yaqin Sharqning eng yaxshi o'yinchisiga beriladigan Globe Soccer Awards mukofotiga nomzodlar e'lon qilindi. Mukofot uchun quyidagi etti nafar futbolchi davogarlik qilmoqda:

1. Karim Benzema ("Al Ittihod").

2. N’Golo Kante ("Al Ittihod").

3. Salim Al Davsari ("Al Hilol").

4. Roberto Firmino ("Al Sadd").

5. Riyod Mahrez ("Al Ahli").

6. Ayven Toni ("Al Ahli").

7. Krishtianu Ronaldu ("Al Nassr").

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Globe Soccer talqiniga ko'ra, Yaqin Sharqning eng yaxshi o'yinchisi deb "Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu tan olingan edi.

Globe Soccer Awards - futbol sohasida eng katta yutuqlarga erishgan shaxslarni aniqlash uchun har yili o'tkaziladigan taqdirlash marosimi hisoblanadi. Turli nominaciyalar bo'yicha g'oliblar ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi.


AdministratorMuallif
Manba: GlobeSoccer