Ronaldu Giggzga: “Xohlaganimni ichaman”

Eldor Akmurzayev
11 iyun 2020
“Manchester Yunayted” afsonasi Rayan Giggz sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning klubga endi kelgan payti tushlik vaqtida koka-kola ichganini esga oldi.

“Ronalduni devorga suyaganmidim? Eslolmayman, ammo quyidagilarni aytgandim: “Biz MYUda bunday qilmaymiz”.

Keyin esa u o'yinda xet-trikka erishdi va mening oldimga kelib: “Men nimani xohlasam, shuni ichaman, Giggz”, dedi”, deya eslaydi uelslik sobiq xavbek.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal