Ronaldu estoniyalik futbolchini ortda qoldirdi

Eldor Akmurzayev
10 iyun 2019, 00:37
Ayni daqiqalarda, Millatlar Ligasining finalida Portugaliya hamda Gollandiya o'zaro to'qnash kelmoqda.

Mazkur bahsni mezbonlar sardori Krishtianu Ronaldu ilk daqiqalardanoq boshladi. Bu 34 yoshli futbolchining terma jamoadagi 158-o'yini bo'ldi. Shu tariqa, Ronaldu Yevropa jamoalari tarixida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan o'yinchilar orasida beshinchi o'ringa ko'tarildi.

1. Janluiji Buffon (Italiya, 176ta o'yin);

2. Iker Kasilyas (Ispaniya), Vitaliy Astafev (Latviya, ikkalasida ham – 167ta o'yin);

4. Serxio Ramos (Ispaniya, 164);

5. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 158);

6. Martin Reym (Estoniya, 157).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Stats Foot