

Manbaning xabariga ko'ra, 37 yoshli futbolchi hech qachon Turinda Madriddagidek baxtli bo'lmagan. Bir necha oy davomida portugaliyalik forvard o'zini juda yomon his qilgan va "Yuventus"ga o'tganidan afsuslangan.
Qayd etilishicha, hujumchi "Yuventus"dan batamom charchagach, MYUga o'tgan.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha "Real"da o'ynagan, keyin "Yuventus"ga o'tgan va 2021 yilda "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolagandi.
2022 yilning dekabr oyi oxirida hujumchi Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Futbolchining so'nggi jamoasi "Manchester Yunayted" edi. Krish jurnalist Pirs Morgan bilan shov-shuvli intervyudan so'ng ingliz jamoasini tark etdi.



