Ronaldu bilan bog'liq vaziyatni policiya o'rganadi

Mirjalol Normatov
10 apr 2022, 15:35
Policiya Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq vaziyatni o'rganishni boshladi.

"Everton"ga qarshi o'yindan keyin "Manchester Yunayted" forvardi muxlisning telefonini sindirgan. Shundan keyin futbolchi uzr so'ragan. Futbolchining xatti-harakatidan autizmga chalingan 14 yoshli bolakay Jek Xarding o'zini yomon his qilgan. Uning onasining aytishiga ko'ra, ushbu holatdan keyin bolakayning qo'llarida ko'karish paydo bo'lgan.

"Mersisayd policiyasi "Everton" - "Manchester Yunayted" uchrashuvidan keyin futbolchi va muxlis o'rtasida bo'lib o'tgan voqelikni o'rganib chiqadi", - deb yoziladi rasmiy bayonotda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal