

Hujumchi 3 mart kuni Tehronda bo'lib o'tadigan 1/8 final doirasidagi "Istiqlol" bilan o'yin uchun jamoa qaydnomasiga kiritilmadi.
Oldinroq, Ronalduning xavfsizligi uchun mas'ul bo'lgan xizmat futbolchiga Tehronga bormaslikni tavsiya qilgani ma'lum bo'lgandi, sabab uning Eronga avvalgi tashrifi vaqtida portugaliyalikni ko'rish istagida bo'lgan odamlar ko'pligi sababli tartibsizliklar yuzaga kelgandi.
Xabar berilishicha, "Al Nassr" "Istiqlol"dan o'yinni uchinchi mamlakatga ko'chirishni so'ragan, ammo Eron klubi saudiyaliklarga rad javobini bergan.



