Ronaldu "Al Nassr"ning kambekiga munosabat bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
4 mar 2023
Krishtianu Ronaldu "Al Nassr" hamda "Al Batin" o'rtasidagi o'yindan so'ng (3:1) ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.

Saudiya Arabistoni chempionatining 19-turi doirasidagi o'yinning 17-daqiqasida "Al Batin" hisobni ochdi. 93, 102 va 104-daqiqalarda "Al Nassr" futbolchilari gol urib, hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirishdi. 

"Doimo oxirigacha ishoning! Olg'a!!!????????????????  , - deb yozdi 38 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: