Masharipov penalti ishladi va Ronaldu "Al Nassr"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Оқил Абдубарноев
3 fev 2023
Saudiya Arabistoni Premer-ligasining 15-turidan o'rin olgan "Al Fath" - "Al Nassr" uchrashuvi yakunlandi.

"Al Nassr"ning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov 65-daqiqada maydonga tushirildi. Jamoa forvardi Krishtianu Ronaldu esa to'liq o'ynadi va 90+2 daqiqada penaltidan yangi klubidagi ilk rasmiy golini urdi.


"Al Fath" - "Al Nassr" 2:2

Gollar: 1:0 – 12 Telo, 1:1 – 42 Taliska, 2:1 – 58 Bendebka, 2:2 – 90, penalti Ronaldu.

Al Fatex – Rinne, Al-Zubaydi (Aljari, 81), Al-Daxim, Saadan, Buxumaid (Al Najdi, 62), Al-Fuxaid (Al-Musa, 81), Petros, Al-Breykan, Telo (Aljassem, 72), Bendebka, Al-Xulayf (Alothma, 62).

Al Nassr – Rossi, Al-Ganam (Bushal, 83), Al-Avdjami (Al-Xassan, 87), Al-Amri, Konan, Luis Gustavo, Taliska, Al-Xaybari (Al-Sulayxim, 65), Yaxya (Masharipov, 65), Ronaldu, Garib (Martines, 65).

Ogohlantirishlar: Bendebka (63), Al-Avdjami (78), Ronaldu (90), Al-Daxim (90).

Chetlatish: Taliska (90).


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia