Ronaldu "Al-Nassr" rahbariyatiga ultimatum qo'ydi: yozda o'zgarish bo'lmasa, u klubni tark etadi

Iskandarov Abdulaziz
8 fev 2026
Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr"dagi vaziyatdan jiddiy noroziligini bildirdi va Saudiya Arabistoni Davlat investiciya jamg'armasi rahbariyatiga ultimatum qo'ydi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, portugaliyalik yulduz klubning transfer siyosatidagi holatdan norozi. Uning fikricha, mas'ullar jamoa tarkibini kuchaytirishga qasddan e'tibor qaratmayapti hamda resurslarni "Al-Hilol"ni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirib, jamoaning chempionlikni qo'lga kiritishini taminlashga urinmoqda.

Ronaldu bunday holatga toqat qilmasligini bildirib, o'zgarishlar eng yaqin transfer oynasidayoq amalga oshirilishini talab qilgan. Aks holda, u Saudiya Arabistonini tark etishga tayyorligini aytgan.

"Agar yozgi transfer davrida talablarim bajarilmasa, men ketaman", - deya takidlagan Ronaldu.

Qayd etilishicha, futbolchining "Al-Nassr"da faoliyatini davom ettirishi uchun asosiy shart - jamoa tarkibini haqiqiy kuchaytirish va jamg'arma rahbariyati tomonidan klublarga nisbatan teng munosabat taminlanishi hisoblanadi.

Avvalroq portugaliyalik futbolchi o'z klubining ikki o'yinini boykot qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: MBC