Ronaldu "Al-Nassr"dagi vaziyatdan norozi

Iskandarov Abdulaziz
2 fev 2026
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr"dagi mavjud vaziyatdan norozi bo'lib, jamoa o'yinlarida ishtirok etishdan bosh tortmoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, Ronaldu "Al-Nassr"ning navbatdagi uchrashuvini o'tkazib yuborishni rejalashtirmoqda. Krishtianu Saudiya Arabistoni Davlat investiciya jamg'armasining klubni boshqarish uslubidan norozi. Shuningdek, portugal futbolchi "Al-Nassr"ga etarlicha investiciya kiritilmayotganidan shikoyat qilmoqda.

Ronalduning fikricha, klub rahbariyati "Al-Nassr" manfaatlariga zarar etkazmoqda, ayniqsa transfer bozorida ancha faol harakat qilayotgan "Al-Hilol" bilan solishtirilganda.

Ma'lumot o'rnida, Krishtianu Ronaldu 2023 yildan beri "Al-Nassr" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi esa 2027 yilgacha mo'ljallangan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: A Bola