

Portugaliya shanba kuni JCH-2026 saralashining 7-turida Irlandiyani 1:0 hisobida mag'lub etdi. 40 yoshli hujumchi bu o'yinda samarali harakat qilmadi va penaltini golga aylantira olmadi.
"Al Nassr" forvardi bu yil Portugaliya o'yinlarida uch marta penalti tepdi. 23 mart kuni Ronaldu Millatlar Ligasi 1/4 finalida Daniyaga gol ura olmadi (5:2), 9 sentyabr kuni esa Vengriya bilan jahon chempionati saralash o'yinida (3:2) 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi.



