Ronaldo: "Meni davrimda Messi va Ronaldu buncha ko'p "Oltin to'p" yutmagan bo'lardi"

Tolibjon Qosimov
4 yanv 2018
Braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldo Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu qo'lga kiritgan "Oltin to'p"lar haqida gapirib o'tdi.

Bizning davrda Zidan, Rivaldo, Figu, men, Ronaldinyo bor edi. Eng yaxshi bo'lish ancha qiyin bo'lgan.

"Messi va Ronaldu qo'lga kiritgan yutuqlarni kamsitmoqchi emasman, lekin meni davrimda raqobat ancha baland edi. Ular dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun yaqin yillarda kurash olib borishmoqda. Lekin, bizning davrda Zidan, Rivaldo, Figu, men, Ronaldinyo bor edi. Eng yaxshi bo'lish ancha qiyin bo'lgan", - deya Ronaldoning so'zlarini keltirdi "Bild" nashri.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Bild