Ronaldo: "Hakamlar Neymarni himoyalash uchun hech narsa qilishmayapti"

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2018
Braziliya terma jamoasi sobiq forvardi Ronaldo Neymar doimo simulyaciya ishlatayotgani haqidagi gaplar ahmoqlik ekanini aytdi.

"Bu tanqidlar - ahmoqlik. Neymar Braziliya terma jamoasiga katta foyda keltirmoqda va u bu turnirda o'zining eng yaxshi o'yinini hali ko'rsatgani yo'q.

Neymar raqib qo'pol o'yinidan qochish uchun o'zining tezkorligini aql bilan ishlatmoqda.

Hakamlar uni himoyalash uchun hech narsa qilishmayapti, ular futbolchilarga qoida buzishga imkon berishyapti" - deyd Ronaldo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТАСС