Ronaldo "Atletiko" ustidan qozonilgan g'alaba uchun "Valyadolid" futbolchilariga alohida "bonus" vada qildi

Omonjon To`xtamirzayev
21 may 2021
Ertaga La Liga so'nggi tur uchrashuvlari o'tkaziladi va chempionlik taqdiri hal bo'ladi.

Hozirda yetakchi bo'lib turgan Madridning "Atletiko" jamoasi safarda "Valyadolid"ga qarshi to'p tepadi. Chempionlikdan umidini uzmagan "Real Madrid" esa uyda "Vilyarreal"ni qabul qiladi. 

O'z o'ynida g'alaba qozonsa, Zizu shogirdlariga "Atletiko" durang o'ynasa ham etarli bo'ladi. Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" sobiq futbolchisi va hozirda "Valyadolid" klubi prezidenti bo'lgan Ronaldo Nazario bo'lajak o'yindan avval o'z futbolchilariga "Atletiko" ustidan g'alaba qozonilsa, kattagina summa miqdorida mukofot puli vada qilgan.   

Takidlash lozim, "Valyadolid" nafaqat "Real Madrid" uchun balki, elitada jon saqlab qolishi uchun ham g'alaba uchun harakat qiladi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru