Ronald Kuman: "Real" hakamlar xatosidan norozi? Bu ularning muammosi"

Omonjon To`xtamirzayev
11 may 2021
"Barselona" ustozi Ronald Kuman "Real Madrid"ning hakamlik borasidagi etirozlariga fikr bildirdi.

"Men "Real" o'yinining dastlabki 20 daqiqasini tomosha qildim, keyin asabim dosh bermadi va "Milan" - "Yuventus" o'yiniga o'tib ketdim. Boshqa o'yinni tomosha qilib, "Madrid" uchrashuvi natijasini o'yin yakunlangach, bilganim yaxshiroq.

"Real" "Sevilya" bilan o'yindagi hakamlik norozi?
"Men yaxshisi hakamlar ishi borasida gapirmay qo'ya qolay. Men barchasini aytib bo'lganman va fikrim o'zgargani yo'q. Agar "Real" hakam ularning raqiblari foydasiga xato qildi deb hisoblasa, bu ularning muammosi.

Murabbiy sifatida faqatgina shuni ayta olamanki: biz shunday vaziyatga yetib keldik-ki, qaysi harakat to'pni qo'l bilan o'ynash, qaysi harakat unday emasligini tushunib bo'lmay qoldi", – dedi Kuman.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia