"Roma" Zanolo bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
2 iyul 2019
"Roma" Nikolo Zanoloning agenti bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.

Bugun rimliklar sport direktori Janluka Petrachi va o'yinchining vakili Klaudio Vigorelli o'rtasida uchrashuv bo'lishi kutilmoqda.

20 yoshli italiyalik futbolchi hozirda o'z tug'ilgan kunini nishonlash maqsadida Gretsiyaga tashrif buyurgan, ammo yaqin kunlarda "Roma"ning mavsumoldi mashg'ulotlari boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, Zanolo "Roma"ga o'tgan yilda "Inter" safidan kelib qo'shilgan edi.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport