"Roma" "Tottenxem" xavbeki bilan shartnoma imzolamoqchi

Sherzod Nurmatov
22 fev 2022
Daniya terma jamoasi va Londonning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Per-Emil Xyoyberg faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, daniyalik futbolchi "Roma"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi.

Qayd etilishicha, kelishuv rimliklarga 25 million evroga tushishi mumkin.

Xyoyberg joriy mavsumda "shporlar" safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda u Mourinyu qo'l ostida o'ynagandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider