Roma to'purar yarim himoyachi bilan shartnoma tuzmoqchi

Khoja
23 apr 2025
Roma yozda hujumkor yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan.

Rimliklar Tvente yarim himoyachisi Sem Steyn bilan shartnoma tuzmoqchi. 23 yoshli futbolchi uchun bo'rilar 20 million evrodan voz kechishga tayyor. Roma yarim himoyachi uchun kurashda Inter va Feyenoord kabi jamoalar bilan kurash olib borishi lozim.

Sem Steynning Tvente bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum 41 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 27 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.




KhojaMuallif
Manba: romapress.net