"Roma" sotmoqchi bo'lgan 4 futbolchi klubdan ketmoqchi emas, Dibala va Pellegrini esa Belottiga qo'ng'iroq qildi

Оқил Абдубарноев
12 avg 2022
"Roma"ning to'rt nafar futbolchisi klubni tark etish niyati yo'q.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, rimliklarga nafi tegmayotgan Rikkardi, Bua, Chorich va Byanda klubdan ketishni istamayapti va hozirgacha tushgan barcha takliflarni rad etgan. "Roma" esa ularni sotish orqali 4,5 mln evro tejab qolishi mumkin.

Shuningdek, "Roma"ning ikki yetakchisi Paulo Dibala va Lorenco Pellegrini Andrea Belottiga qo'ng'iroq qilib, jamoaga kelishga ko'ndirgani aytilmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport