

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, italyan klubi 29 yoshli portugaliyalikni 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar 15 million evroga xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Muzokaralar haqida tafsilotlar keyingi haftada ma'lum bo'lishi mumkin.
Oliveyra 2021/22 yilgi mavsum "Portu" safida 24ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.



