"Roma" "Portu" bilan xavbek Oliveyraning ijarasi borasida kelishuvga erishdi

Alisher
10 yanv 2022
"Roma" "Portu" bilan yarim himoyachi Serjiu Oliveyrani 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar xarid qilish huquqi bilan bir million evroga ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Agar "Roma" 29 yoshli portugaliyalikni xarid qilish huquqidan foydalanishga qaror qilsa, yarim himoyachi bilan uch yillik shartnomaga imzo chekadi.

Oliveyra joriy mavsum 24ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira