Roma o'tgan mavsum A Seriyada 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, gol urmagan hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
26 iyun 2023, 10:50
Roma hujumchisi Andrea Belotti bilan shartnomani uzaytirdi.

 Yangi bitim 2025 yil yozigacha mo'ljallangan.  

29 yoshli hujumchi “Roma” safiga o'tgan mavsum “Torino”dan kelib qo'shilgandi. U o'tgan mavsumda A Seriyada 31 o'yinda ishtirok etib, birorta gol urolmadi. Uning hisobida 2 ta assist bor.


AlisherMuallif
Manba: championat.com