"Roma" Kristante bilan kelishuvni uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2023
"Roma" yarim himoyachi Brayan Kristante bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Buni jurnalist Nikolo Skira ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, yaqin vaqt ichida klub 27 yoshli italiyalik bilan 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolaydi. U yiliga 3 million evro oladi.

Kristante 2019 yilning iyulidan buyon "Roma"da to'p tepib kelmoqda. 2022/23 yilgi mavsumda u jamoa uchun 25 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Futbolchining amaldagi bitimi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira