

24 yoshli norvegiyalik futbolchi erkin agent sifatida Italiya klubiga o'tdi. Uning rimliklar bilan kelishuvi 2023 yilning 2 yanvaridan kuchga kiradi va 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Futbolchi "Roma"da 18-raqam ostida o'ynaydi.
Ola Solbakken 2020 yilning yanvaridan beri "Budyo-Glimt"da to'p tepadi. Joriy mavsumda u jamoa safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



