"Roma" "Bude-Glimt" hujumchisini sotib olmoqchi, u rimliklarga uchta gol urgan

Оқил Абдубарноев
6 apr 2022
"Roma" norvegiyalik hujumchi Ola Solbakkenga qiziqish bildirmoqda.

"Bude-Glimt" jamoasida to'p surayotgan 23 yoshli hujumchi joriy mavsumda Konferenciya ligasida "Roma"ga qarshi o'yinda uchta gol urdi.

Jamoalar guruh bosqichida o'zaro to'qnash kelishdi. "Bude-Glimt" o'z uyida "Roma"ni 6:1 hisobida mag'lub etdi, Solbakken ushbu o'yinda dubl qayd etdi. Italiyadagi javob uchrashuvida (2:2) ham yana bir gol kiritdi.

Yil oxirida erkin agentga aylanadigan yosh futbolchining o'yini "Roma" rahbarlarida katta taassurot qoldirmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Bude-Glimt" va "Roma" Konferenciya ligasida 1/4 final bosqichida yana to'qnash kelishadi. Dastlabki o'yin 7 aprel, javob o'yini esa 14 aprel kuni bo'lib o'tadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Dagbladet