"Roma" Bonuchchi bilan yarim yillik shartnoma imzolashi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
27 dek 2023
Berlinning "Union" klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi A Seriyaga qaytishi mumkin.

Italiyalik jurnalist, insayder Nikola Shkiraning xabar berishicha, futbolchi va "Roma" olti oylik shartnoma borasida muzokara olib borishmoqda. Futbolchi Italiyaga qaytishni istaydi va hozirgi jamoasidan bu borada ijobiy javob kutmoqda. Bonuchchining agenti Alessandro Luchchi ushbu kelishuv ustida faol tarzda ishlayapti.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Никола Шкира твиттери