"Roma" "Barselona" himoyachisini sotib olishga tayyor

Mirjalol Normatov
26 apr 2020
"Roma" "Barselona" himoyachisi Xunior Firponing xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Sport.es" xabariga ko'ra, rimliklar 25 mln evro evaziga futbolchini transfer qilishga tayyor turishibdi. Ammo bunga qadar "Roma" chap qanot himoyachisi Leonardo Spinaccolani sotib yuborishi kerak.

Firpo 2019 yilning yozida "Barselona"ga o'tgandi. Ushbu mavsumda u asosiy jamoa tarkibida 17 o'yinda 1 gol va 1 assistentlik qayd etdi.

Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es