"Roma" "Arsenal" xavbekiga bo'lgan qiziqishini saqlab qolgan

Sherzod Nurmatov
12 mar 2022
Rim klubi "Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jakaga qiziqishda davom etmoqda.

Xabarga ko'ra, "Roma" 29 yoshli futbolchini yozgi transferlar oynasi vaqtida sotib olmoqchi.

Qayd etilishicha, jamoa ustozi Joze Mourinyuning shaxsan o'zi shveytsariyalikning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Jakaning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Transfer News Central