"Roma" APLda o'ynayotgan hujumchiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
16 dek 2024
Italiyaning "Roma" jamoasi Angliyaning "Everton" klubi hujumchisi Norbertu Betunkalga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Tuttosport".

Ma'lumotlarga ko'ra, bu "Roma" egalari "The Friedkin Group" "Everton"ni "Blue Heaven Holdings"dan sotib olishni yakunlayotgani bilan bog'liq. Rimliklar allaqachon "Torino" qiziqayotgan 26 yoshli Betunkal bo'yicha surishtiruv olib borgan va qishda u bilan shartnoma imzolamoqchi.

Norbertu Betunkal joriy mavsum "Everton" safida 12 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 4 marta yo'l topdi va 1 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport