Roy Kin: "Fergyuson Bekxemga 7 raqamni berishni istamagan"

Aslanov Jasurbek
8 okt 2014
"Manchester Yunayted"ning sobiq sardori Roy Kin yangi avtobiografiyasida, Aleks Fergyuson Erik Kantona ketganidan so'ng 7 raqamni Devid Bekxemga berishni istamaganini ma'lum qildi.

Ammo u "Real"ga ko'chib o'tgunicha o'sha raqam ostida o'ynagan.

"MYUda etti e'tiborli raqam edi. Erik Kantona jamoadan ketganidan so'ng, kim yangi sardor bo'lishi so'roq ostida qolgandi. Ammo bundan tashqari ettinchi raqam muammosi ham bor edi. Fergyuson meni xonasiga chaqirib ettini menga topshirmoqchi bo'ldi. Men esa shunday dedim: "Yo'q, rahmat, istamayman". Keyin u shunday javob qaytargan: "Bilaman, Bekxem bu raqamni olmoqchi, ammo unga ettinchi raqamni berishni xohlamayman" - deydi Kin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru