Rodri: "Real Madrid" - dunyoning eng yaxshi klubi"

Оқил Абдубарноев
5 iyun 2024
Ispaniya terma jamoasi va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri "Real" futbolchisi Rodrigoning Madrid klubining so'zlariga munosabat bildirdi.

Rodri braziliyalik hujumchining dunyoning eng kuchli klubi haqidagi fikriga qo'shilishini aytdi.

"Joriy mavsum "Real" dunyoning eng yaxshi jamoasi ekanligini ko'rsatdi, ammo kelgusi mavsum ulardan tojni qaytarib olishga harakat qilamiz", - dedi 27 yoshli futbolchi.

Avvalroq madridliklar faoliyatini yakunlayotgan Toni Kroos o'rniga Rodri variantini ko'rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca