Roberto Martines: Endi Lukaku 45 emas 55 million turadi

Narzulla Saydullayev
9 noya 2015, 10:00
Everton ustozi Roberto Martines Vest Xemga qarshi o'yindan so'ng (1:1) Romelu Lukakuni maqtadi.

Endi u 45 emas 55 million funt turadi. Bazi klub prezidenti yoki rahbarlari 2-3 nafar futbolchini sotish kerakligi haqida aytishadi, lekin bu gap Evertonga tegishli emas.

Lukaku rekordlarni yangilashda davom etmoqchi. U 1993 yil 20ta gol urgan Toni Kottining rekordini yangilashni o'ylagandi. Romelu 2015 yilda 21ta gol urdi. U rivojlanishda davom etib dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lmoqchi, – deydi Martines.

Ushbu mavsumda 12ta o'yinda Lukaku 7ta gol urdi va 4ta golli pas oshirdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com