Roberto Manchini Napolining yangi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Alisher
5 iyun 2023
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Napolini boshqarishi mumkin.

 Corriere dello Sport xabariga ko'ra, neapolliklar klubi prezidenti Aurelio De Laurentis Manchini bilan muzokaralar olib bormoqda. De Laurentis 58 yoshli mutaxassisning niyatlari va rejalari haqida bilmoqchi.

 Napoli ushbu mavsumda Luchano Spalletti qo'l ostida mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Biroq klub prezidenti bilan bo'lgan munozaralardan keyin iste'foga chiqishni maqul ko'rgan.


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport