Roberto Firmino har bir goli uchun qancha mukofot puli oladi?

Aslanov Jasurbek
13 fev 2018
"Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino joriy mavsum Chempionlar ligasi guruh bosqichida 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Braziliyalik forvardning Angliya Premer-ligasidagi gollari soni esa 12ta. Joriy mavsum Firmino barcha turnirlarda 18ta gol urishga erishdi.

Futboldagi turli sirlarni ochuvchi "Football Leaks" nashri Firmino har bir goli uchun qancha mukofot puli olishini e'lon qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik joriy mavsum 5-goligacha har biri uchun 25 ming funt, 6-dan 10-goligacha 45 ming funt olgan.

Roberto Firminoning joriy mavsumdagi har bir goli uchun mukofot puli (har biriga):

1-5gacha - 25 000 funtdan

6-10gacha - 45 000 funtdan

11-15gacha - 65 000 funtdan

16+ - 85 000 funtdan


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia