Robert Levandovskining rafiqasi turmush o'rtog'ini qo'llab-quvvatladi

Sherzod Nurmatov
30 noya 2021
“Bavariya” va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovskining umr yo'ldoshi Anna Instagram'da yangi post qoldirdi.

"Sevgilim, siz men uchun eng zo'risiz! Men har doim siz bilan faxrlanaman! Sizni cheksiz sevaman!", – deb yozdi Anna.

Eslatib o'tamiz, “Oltin to'p” uchun ovoz berishda Robert Levandovski ikkinchi o'rinni egallagan edi. Birinchi o'rinni PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi, uchinchi o'rinni “Chelsi” va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jorjino qo'la kiritdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/annalewandowskahpba