Robert Levandovski - Bundesligada 250 ta gol urgan tarixdagi 3-futbolchi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2020
“Bavariya” Bundesliga 12-turi doirasida “Volfsburg”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Myunxenliklarning ikkala goliga Robert Levandovski mualliflik qildi. Natijada Robertning Bundesligadagi gollari soni 250 taga etdi. 32 yoshli polshalik hujumchi Bundesliga tarixida bunday natijani qayd etgan 3-futbolchiga aylandi. Robertdan oldin ushbu marrani Gerd Myuller va Klaus Fisher bosib o'tgandi, xolos.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Express