Robert Evdokimov: "Sanjar Tursunov "Gazovik"ni kuchaytiradi"

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2013
Rossiya birinchi divizioni ishtirokchisi Orenburning Gazovik klubi o'z safiga ikki nafar legionerni qo'shib oldi.
Ulardan biri O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Sanjar Tursunov bo'ldi, ikkinchsi gruziyalik Gurveld Tomashvili.

 - Bu ikki futbolchi yakshanba kuni safimizga kelib qo'shilishadi, - deydi Gazovik bosh murabbiyi Robert Evdokimov Sportbox.ru nashriga. - Markaziy himoyachi joyiga Tomashvilini tanladik. Tursunovga kelsak, bu qanot yarim himoyachisi Volga va Alaniya safida o'ynab yurgan kezlaridayoq menga yoqib qolgandi. Shubhasiz Sanjar jamoani kuchaytiradi. Shu bilan yozgi transfer bozori biz uchun tugadi.

Tomashvili Dila klubidan, Tursunov esa Toshkentning Lokomotiv klubidan kelishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net