Robben 16 yillik tanaffusdan so'ng Niderlandiya chempionatida maydonga tushdi va jarohat oldi

Eldor Akmurzayev
13 sen 2020
Ayni daqiqalarda Eredivizi yangi mavsum ilk turidan o'rin olgan “Groningen” – PSV bahsi davom etmoqda.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan mezbonlar a'zosi Aren Robben 30-daqiqada jarohat olib, zaxiraga olindi. Bu 36 yoshli yarimhimoyachi uchun futbolga qaytganidan keyin ilk rasmiy o'yini edi. Aytish joiz, “Groningen” muxlislari o'yin oldidan Robbenga atab ajoyib performans tayyorlashdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia