Risharlison diskvalifikaciya qilinishi mumkin

Mirjalol Normatov
2 may 2022
"Everton" hujumchisi Risharlison APL doirasida "Chelsi"ga qarshi o'yinda muxlislar tomon yonuvchi modda otgani uchun diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

Uchrashuvning 46-daqiqasida braziliyalik futbolchi raqib postini nishonga olganidan keyin maydonda yotgan yonuvchi moddani olib, tribuna tomon otgan. Futbolchining o'zi bu holatni maydondagi begona predmetni olib tashlamoqchi bo'lganini aytdi.

"The Sun" xabariga ko'ra, diskvalifikaciya 3 o'yinni tashkil qilishi kutilmoqda. Shunday bo'lgan taqdirda Risharlison uchun mavsum muddatidan avval yakunlanadi.

Risharlison ushbu mavsum "Everton" tarkibida 29 o'yinda qatnashib, 9 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun