Rio Ferdinand "Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvi sababli kasalxonaga tushib qoldi
Mirjalol Normatov
25 okt 2021
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand mankunianliklarning "Liverpul"ga uchragan mag'lubiyatidan keyin shifoxonaga tushib qolganini ma'lum qildi.
"Bu 30 daqiqadan keyin meni shifoxonadan topishdi", - deb yozadi sobiq futbolchi.
Eslatib o'tamiz, mankunianliklar o'z maydonida "Liverpul"ga 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi.