Rikardu: “Portugaliya mundialda yaxshi natijaga erisha olishiga ishonaman”

Tolibjon Qosimov
10 iyun 2014
Portugaliya terma jamoasi sobiq darvozaboni Rikardu o'z jamoasi Jahon chempionatida yaxshi ishtirok etishini va jamoada iqtidorli futbolchilar kam emasligini ta'kidlab o'tdi.
“Portugaliyaga katta yutuqlar etishmaydi. Bizning jamoada doimo katta g'alabalarga erisha oladigan futbolchilar bo'lgan. Hudud jihatidan kichik davlat hisoblanamiz, ammo iqtidorli yigitlar juda ko'p. Ertami kechmi biz biror bir turnir g'olibi bo'lishimizga ishonaman”, - deydi Rikardu “Record”ga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com