Retro! Abramov, Qosimov, Shkvirin triosi. Olimpiyachilarimizning 13 yil avvalgi o'yini yodingizdami?

Aziz Tukhtamuradov
4 okt 2020
Saytimizning "Retro!" sahifasida yaqin o'tmishning tarixga muhrlangan musobaqalaridagi ajoyib suratlarni e'tiboringizga havola qilishda davom etamiz.

2007 yil 12 sentyabr kuni Toshkentdagi MHSK stadionida O'zbekiston va Bahrayn olimpiya terma jamoalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan edi. Terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovga murabbiylar shtabida Mirjalol Qosimov va Igor Shkvirin yordam berishgandi. 

Afsuski, Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov kabi yetakchi futbolchilar bo'lishiga qaramay, o'yinning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada o'tkazib yuborilgan gol sabab alamli mag'lubiyatni qabul qilib olgan edik. Demak, suratlar orqali eslaymiz!

O'zbekiston - Bahrayn 1:2 (0:1)

12 sentyabr 2007 yil. Toshkent. MHSK stadioni. 12000 tomoshabin. 

Bosh hakam: Satop Tongxan (Tailand)

Gollar: Sadriddin Abdullaev 86 - Abdulloh Umar 29, Hamad Al Banki 90+2.


Qolgan ajoyib suratlarni quyidagi sahifada tomosha qiling > > > Retro! Abramov, Qosimov, Shkvirin triosi, Denisov sardorligidagi olimpiyachilarimizning 13 yil avvalgi alamli mag'lubiyatidan FOTOREPORTAJ


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com