Remzi jarohat sabab Uels terma jamoasining yaqin o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Alisher
25 avg 2021
"Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remzi A Seriya 1-tur doirasidagi "Udineze" (2:2)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

O'yinchi jarohat sabab Uels terma jamoasining JCH saralash doirasidagi yaqin o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Remzining tiklanishi uchun yaqin ikki hafta kerak bo'lishi kutilmoqda. "Yuventus" uelslik futbolchi o'n kundan so'ng tibbiy ko'rikdan o'tishini va shundan so'ng uning aniq tiklanish muddati ma'lum bo'lishini xabar qildi.

Eslatib o'tamiz, Uels o'rtoqlik o'yini doirasida Filyandiyaga qarshi, saralash bahslari doirasida esa Belarus va Estoniya bilan o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: Goal