

"Arsenal" va "Tottenxem" o'rtasidagi uchrashuv yakunlanganidan keyin "shporlar" muxlisi "Arsenal" darvozaboni Aaron Remsdeylni tepib, qochib ketgandi.
Bugun ushbu voqeani sodir etgan 35 yoshli bar ishchisi Jozef Uotts sud oldida javob berdi. Uotts o'z aybiga iqror bo'ldi.
Yakunda ushbu muxlisni 12 oylik majburiy jamoat ishlariga jalb qilishga hukm chiqarildi. Shu bilan birga, muxlis Aaron Remsdeylga 100 funt to'laydi. Bu ham etmagandek, tartibsiz muxlis 4 yil futbol o'yinlariga kira olmaydi va 150 soatlik bepul mehnat qilish majburiyatini ham bo'yniga oladi.




