Regilon tunni shifoxonada o'tkazdi. Uning miyasi chayqalgan bo'lishi mumkin

Alisher
24 avg 2019, 11:26
"Sevilya" himoyachisi Serxio Regilon La Liganing 2-turi doirasidagi "Granada" (1:0)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

U o'yin payti raqib o'yinchisi bilan to'qnashib ketdi va boshiga zarba qabul qilib oldi.

Ushbu holatdan so'ng u 22-daqiqada majburan almashtirildi. Regilon maydonni zambilda tark etayotgan payt yig'lab yubordi.

Regilon tunni Granadadagi shifoxonada o'tkazdi va futbolchi to'liq tekshiruvdan o'tkazilishi kerak. Himoyachining boshi chayqalgan bo'lishi mumkin.


AlisherMuallif
Manba: AS