"Red Bull Leycpig" Vernerni London klubiga sotib yubormoqchi

Nozimov Nig'monxo'ja
25 dek 2023
"Red Bull Leycpig" jamoasi Timo Vernerni sotib yubormoqchi.

 Unga Londoning “Vest Xem” jamoasidan qiziqish bo'lmoqda. Jamoalar ushbu transferni qishda amalga oshirishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Red Bull Leycpig" Vernerni 2020 yilda “Chelsi”ga 53 million evroga sotgandi. Biroq ikki yildan so'ng hujumchi 20 million evro evaziga ortga qaytgandi.

Joriy mavsum 27 yoshli hujumchi jamoaning asosiy futbolchisi bo'la olmadi. U barcha musobaqalarda atigi 386 daqiqa harakat qildi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com