"Real"dagilar 20 millionlik futbolchidan mamnun emas

Mirjalol Normatov
21 mar 2025, 21:56
Arda Gyuler yozda "Real"dan kyetishi mumkin.

Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 20 yoshli vingerning mashg'ulotlardagi mehnati va o'yindagi salohiyatidan qoniqmayapti. "Real" futbolchini ijaraga berishga qarshi emas, biroq futbolchining o'zi buni istamayapti.

2023 yilda 20 million evroga sotib olingan Gyulerning o'zi yoki asosiy jamoada asosiy futbolchi bo'lishni yoki jamoadan butunlay kyetishni xohlamoqda. Anchelottining esa alohida futbolchining istaklarini inobatga olgisi yo'q.

Gyuler ushbu mavsumda 30 o'yinda maydonga tushib, 3 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Relevo