"Real" xavbeki Ispaniya chempionatining navbatdagi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 may 2024
Orelen Chuameni "Bavariya"ga qarshi o'yinga tayyor bo'ladi.

Ispaniyaning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Orelen Chuameni Primeraning 34-turi doirasidagi "Kadis"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin, deb xabar bermoqda "Diario AS".



Ma'lumotlarga ko'ra, 24 yoshli Chuameni mashg'ulot vaqtida chap oyog'idan jiddiy jarohat olgan. Fransiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi yarim finalida Germaniyaning "Bavariya" klubiga qarshi javob o'yinida maydonga tushishga tayyor bo'lishi kutilmoqda.

Orelen Chuameni joriy mavsum "Real" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS