"Real" Vinisiusning o'rniga futbolchi topib qo'ygan

Mirjalol Normatov
24 apr 2025, 23:47
Agar Vinisius Junior jamoani tark etsa, “Real” Erling Xoland bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi.

Avvalroq Vinisius Saudiya Arabistoni taklifiga qiziqish bildirgani, keyinchalik futbolchining o'zi "Real"da qolishga qaror qilgani borasida haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, vingerning atrofidagilari uning “Real” bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha hech qanday kelishuvi yo'qligini ma'lum qilishdi.

"The Athletic" ma'lumotlariga ko'ra, agar braziliyalik futbolchi klubni tark etsa, “Real” prezidenti Florentino Peres uning o'rniga Erling Xolandni jamoaga olib kelishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Garchi “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2034 yilgacha uzaytirgan bo'lsa ham, Erlingning jamoadan kyetish istagi bo'lishi mumkin.

"Real" Xolandga uzoq vaqtdan buyon qiziqish bildirayotgandi. Biroq norvegiyalik futbolchi "Real"ni emas, "Siti"ni tanlagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal